Yoshlar bog‘i!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5-iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi PF-5106-sonli farmonida belgilangan ustivor vazifalar ijrosini ta’minlash hamda, yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, kasb-hunarga yo‘naltirish maqsadida tashkil etilgan Respublika yoshlar markazining tuman hududiy va mahalliy bo‘linmalari  ham o‘z faoliyatlarini boshlaganlariga 1 yildan oshdi.

Bu davr mobaynida ko‘plab yoshlarni til o‘rganishlari va kasbga yo‘nalitirish bo‘yicha sezilarli darajadagi amaliy ishlar olib borildi. To‘raqo‘rg‘on tumanida ham yoshlarni to‘garaklarga keng jalb qilish maqsadida turli targ‘ibot ishlari, aksiyalar, davra suhbatlari tashkil etib borilmoqda. Shuningdek, Namangan viloyat bo‘linmasi direktori A.Abdukarimov taklifiga ko‘ra barcha tumanlarda “Yoshlar bog‘i”ning  tashkil etilishi hamda  to‘garak rahbarlari va a’zolari hamkorlikda bu bog‘ni ko‘kalamzorlashtirishga mas’ul etib belgilanganliklari barchaga yanada kuch-g‘ayrat bag‘ishladi.

To‘raqo‘rg‘on tumanida ham ushbu bog‘ tashkil etilib, bog‘ hududiga to‘garak rahbarlari o‘z qo‘llari bilan gul ko‘chatlari va daraxt ko‘chatlarini o‘tqazdilar. Kelajakda bog‘ atrofi so‘lim go‘shaga aylanib yoshlarimiz kitob o‘qib, xordiq chiqaradigan, turli tadbirlar tashkil etiladigan maskanga aylanishiga bor kuch-g‘ayratimiz sarflab harakat qilamiz.