“Respublika yoshlar markazi” haqida




“Respublika yoshlar markazi” haqida

Respublika yoshlar markazi nodavlat notijorat tashkiloti 2015 yil 21 iyulda 768-son bilan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan o‘rnatilgan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tib markaz sifatida o‘z faoliyatini boshlagan. 2017 yil 21 sentayabrda 768-son bilan Adliya vazirligi tomonidan qayta davlat ro‘yxatiga olingan. O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi Markaziy Kengashi Ijroiya Qo‘mitasining 2018 yil 23 yanvardagi 01-04/176-sonli qaroriga ko‘ra “Respublika yoshlar markazi” nodavlat notijorat tashkilotining tashkiliy tuzilmasi tasdiqlandi.

Respublika yoshlar markazi NNT - bu yoshlarning ilmiy, huquqiy, psixologik, pedagogik, iqtisodiy, tadbirkorlikka oid, ijtimoiy, ijodiy, intellektual, tibbiy, maishiy, fan va ta’lim, sport va san’at sohasidagi savodxonligini oshirishga ko‘maklashish, kasb-hunarga o‘rgatish maqsadida turli o‘quv-amaliy va ijodiy to‘garaklar tashkil etish va ularga yoshlarni keng jalb etish maqsadida tashkil etilgan nodavlat notijorat tashkilotidir.

Respublika yoshlar markazi nodavlat notijorat tashkiloti o'zida 14 ta hududiy va 190 dan ortiq mahalliy bo‘linmalarni qamrab olgan. “Respublika yoshlar markazi” tomonidan 2017 yilda 157 ta to‘garak va kurslar yo‘lga qo‘yilgan.

“Respublika yoshlar markazi” nodavlat notijorat tashkilotida o‘z faoliyatini yuritib kelayotgan to‘garaklar:

Xorijiy tillar yo‘nalishi bo‘yicha:

  • Rus tili;
  • Ingliz tili;
  • Koreys tili;

 

Ijodiy yo‘nalish bo‘yicha:

  • Yosh ijodkorlar;
  • Rassomchilik;
  • Zargarlik;
  • Moxir qo‘llar;
  • Musiqa va raqs;
  • Yosh aktyorlar;
  • Vokal;
  • Inklyuziv ta’lim;

 

Sport yo‘nalishi bo‘yicha:

  • Shaxmat-shashka;
  • Boks;
  • Milliy kurash;
  • Futbol;
  • Stol tennis;
  • Karate;
  • Qo‘l jangi;
  • Og‘ir atletika;

 

Kasbga yo‘naltirish bo‘yicha:

  • Kompyuter savodxonligi;
  • Web dizayn va dasturlash va axborot texnologiyalari;
  • Xunarmandchilik va dizayn;
  • Yosh sartaroshlar;
  • Modeler dizayner;
  • Pazandachilik;
  • Yosh chevarlar;
  • Yosh dizayner;