Alisher Navoiy-o’zbek she’riyatining namoyondasi




Alisher Navoiy-o’zbek she’riyatining namoyondasi

Nizomiddin Mir Alisher Navoiy dunyo tafakkuri tarixida o’zining abadiyatga daxildor asarlari va Benazir dahosi bilan turkiy xalqlarning ma’naviy siymosini yarata olgan hamda asarlarida tarannum etgan ezgu g’oyalari bugungi kungacha o’z ahamiyatini yo’qotmay kelayotgan so’z san’atkoridir.

Respublika yoshlar markazi Surxondaryo viloyat bo’linmasi Jarqo’rg’on tuman “Rus tili” to’garagida so’z mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 578 yilligiga bag’ishlangan ochiq dars bo’lib o’tdi. “Alisher Navoiy-o’zbek she’riyatining namoyandasi” mavzusidagi ochiq dars mashg’ulotida to’garak a’zolari tomonidan mumtoz she’riyatimiz yo’lchi yulduzining g’azallari, ruboiylari, dostonlaridan parchalar aytildi. O’qituvchi tomonidan berilgan qiziqarli savollarga javoblar topishdi. Dars davomida M.Qurbonova, O.Ergashevlar faollik ko’rsatib, “Eng bilimdon o’quvchi” nominatsiyasini qo’lga kiritdilar. Darsni Jarqo’rg’on Sanoat kasb-hunar kolleji o’qituvchilari, Jarqo’rg’on tuman “Tikuvchilik” to’garagi rahbari Kumush Norbekova kuzatib bordilar. .

“Navoiy umumbashariyat xazinasidan munosib o’rin egallagan asarlarini aynan ona tilimizda yaratib, uning shuhratini butun dunyoga tarannum etgan. Ma’naviyatimizning umrboqiy sarchashmalariga doimiy ehtiyoj sezadigan bashariyat farzandlari bugungi kunda ham Navoiyning barhayot satrlarida tajassum topgan hayotiy hikmatlardan ko’proq bahramand bo’lishga harakat qiladi. Bugungi ochiq darsimizdan ko’zlangan asosiy maqsad ham ana shu aslida”,- deydi to’garak rahbari Rushana Yusupova.



Image

Image

Image

2019-02-09 Tashriflar soni: 30



Saytdan qidiruv


Kalendar


Du
Se
Chor
Pay
Ju
Shan
Yak

Tashriflar soni

  • Hozir saytda. : 17

  • Bugun mehmonlar : 150

  • So'nggi oy mehmonlar : 686

  • Barcha mehmonlar : 14765