Bitiruvchi yoshlar katta hayotga qadam tashlashdi.




Bitiruvchi yoshlar katta hayotga qadam tashlashdi.

Respublika yoshlar markazi Samarqand viloyat bo‘linmasi qoshida tashkil etilgan “Yosh lektorlar” klubi, “Ingliz tili”, “Tasviriy san’at”, “Yosh jurnalistlar”to‘garaklari faoliyat yuritib kelmoqda. O‘tgan uch oy vaqt davomida o‘quvchi yoshlar klub va to‘garak faoliyatining asosiy maqsadi – yoshlar orasidan iste’dodli notiqlarni izlab topish, ularning bilim va salohiyatlarini, tasviriy san’atiga bo‘lgan qiziqishlarini yanada kuchaytirish, yosh lingvistlarni shakllantirish, soha bo‘yicha boshlang‘ich bilim va ko‘nikmalarni egallash bo‘yicha amaliy mashg‘ulot (seminar)larda faol ishtirok etib kelishdi. Mashg‘ulotlar jarayonida tinglovchi yoshlarga ta’limning zamonaviy metodlaridan keng foydalanib, o‘quv jarayonini yangi pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etib, samarali natijaga erishish asosiy maqsad qilib olingan. Bu borada zamonaviy pedagogik texnologiyalarning “Munozarali dars”, “3x4”, “Talaba”va “Iyerarxik” metodlariga doir materiallardan foydalanish, didaktik va rolli o‘yin usullarini qo‘llash nazarda tutilgan. O‘quvchi yoshlar qunt va ishtiyoq, yagona, ilg‘or maqsad bilan o‘qib-o‘rganib ulkan bilimga ega bo‘lgan holda bugun o‘quv to‘garagini yakunlamoqdalar. Shunday mashaqqatli ishni o‘z zimmalariga olgan to‘garak rahbarlari Ukliyev Abbos, Kahhorov Azimjon va boshqa to‘garak rahbarlari bor kuch, bilim va salohiyatlarini ishga solganlar.

Klubning yakunlovchi qismida Hududiy bo‘linma qoshidagi tashkil etilgan klub a’zolari ichidan yoshlarga darslarda va ommaviy tadbirlarda faol qatnashish uchun imkoniyat va shart-sharoitlar yaratib bergan ota-onalarga Respublika yoshlar markazi Samarqand viloyat bo‘linmasi Kadrlar bo‘limi boshlig‘i  Berdiyev Tolibjon Samiyevich tomonidan tashakkurnomalar taqdim etildi hamda o‘quv kurs davomida faol qatnashib, tashabbus ko‘rsatgan quyidagi to‘garak va klub a’zolariga maxsus ma’lumotnomalar berildi.

“Ingliz tili” to‘garagi:  Akbarova Zamira, Toshpo‘latova Shahlo, Raxmatillayev Sanjar, Raxmatullayev Umed, Mansurov Aziz, Rabbimova Marjona, Bahriddinov Zuhriddin, Qo‘chqorov Muhammad, Baxtiyorova Ruxshona, Rahmonova Diyorjon, O‘ktamova Nozalin, Ahroroba Sabrina, Narzullayeva Sadoqat, Narzullayeva Mehrangiz, Toshmurodov Dilmurod, Nortojiyeva Sevinch, Namozov Javohir, Gulyamova Maftuna, Sultonova Ozoda, Ahtamov Mashxur, Nigmatov Nozimjon, Bahriddinov Samariddin;

“Tasviriy san’at” to‘garagi: Dilmurodov Shohrux, Raimov Fayzullo, Qurbonova Fariza, Obloqulova Zarnigor, Murodov Akobir, Bekirova Nigina, Axrorov Azimjon, Ismatov Sanjar, Turg‘unov Ravshan, Ibragimova Muxlisa, Sultonov Bobur, Karimova Yulduz, Boltayev Donyor, Rajabov Shohabbos, Do‘stmurodov Ismoil, Salimov Jaxongir;

“Yosh jurnalistlar” to‘garagi: Baxriddinov Zuhriddin, Nematov Shaxob, Ernazarova Bibisora, Safarboyev Baxtiyor, Ortiqova Diyora, Sattorova Nasiba, Qo`chqorov Muhammadqodir, Ramazonova O‘g‘iloy, Normamatov Muzaffar;

“Yosh lektorlar” klubi: Baxtiyorov Mirziyo, Yuldasheva Fazilat, YusupovAzimjon va boshqalar.

Tadbirga tashrif buyurgan ota-onalardan polkovnik Uzakov Asliddin aka so‘zga chiqib,  yurtimiz yoshlari uchun Muhtaram yurtboshimiz tomonidan mana shunday imkoniyat va sharoitlar yaratib berayotganlaridan chuqur minnatdorchilik bildirib, bitiruvchi yoshlarning kelgusi ish va faoliyatlariga omad va muvaffaqiyatlar tiladi.



Image

Image

Image

Image

Image

Image

Image

2018-07-13 Tashriflar soni: 937



Saytdan qidiruv


Kalendar


Du
Se
Chor
Pay
Ju
Shan
Yak

Tashriflar soni

  • Hozir saytda. : 17

  • Bugun mehmonlar : 150

  • So'nggi oy mehmonlar : 686

  • Barcha mehmonlar : 14765