Biz sog‘lom turmush tarafdorimiz




Biz sog‘lom turmush tarafdorimiz

Respublikamizda yurtimiz ravnaqi va kelajagi yo‘lida izchillik bilan olib borilayotgan turli sohalardagi islohotlar, yangilanishlar jarayoni, sog‘liqni saqlash tizimini ham befarq qoldirmadi. Chunki sog‘lomlik, hayotimizga ongu shuurimizga, tafakkur olamimiz va ruhiyatimizga ko‘chsa, turmushimiz go‘zallashib boraveradi.

Joriy yilning 11-aprel kuni Respublika yoshlar markazi Farg‘ona viloyat Farg‘ona tuman bo‘linmasida “Tikuvchilik” to‘garagi rahbari Otaboyeva Xusnidaning “Tikuvchilik” va “Pazandachilik” to‘garak a’zolariga “Biz sog‘lom turmush tarafdorimiz” mavzusida ma’naviyat soati bo‘lib o‘tdi.

O‘tkazilgan Ma’naviyat soatida, X.Otaboyeva o‘quvchilarga, aholi orasida sog‘lom turmush-tarzi omillarini targ‘ib etish, ularning salomatligini avaylab-asrash va hayotimizda ko‘p uchraydigan kasalliklarni kelib chiqishi, namoyon bo‘lishidagi belgilar, tarqalishi yoki yuqishi sabablari hamda kasallik yuzaga kelganda qaysi shifokorga murojaat etish va uni aniqlashda qanday tekshiruvlar bajarilishi kerakligi xaqida ma’lumotlar berdi. Dars yakunida albatta har bir inson o‘z salomatligiga befarq bo‘lmasligi va kasallikni davolagandan ko‘ra, uni oldini  olish muhim ekanligini ham tushuntirib o‘tdi. O‘quvchilar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javoblar olib, shu kabi ma’naviyat soatlari tez-tez bo‘lib turishi xaqida fikrlar bildirdilar.