Go‘zallikda tengi yo‘q mehribon-onam




Go‘zallikda tengi yo‘q mehribon-onam

Azizlar, xalqimiz orasida shunday naql bor, «Onangga xatto kaftingda  non pishirib bersang ham bir kecha uxlamay, senga Alla aytib chiqqanini qarzini uza olmaysan» bu gap dilkash va munis onalar qadriga yetish, unga sadoqat bilan xizmat qilish kiprigiga dard ham yuqtirmaslik kerak, degan fikrni ifodalaydi. Ayol farzandli bo’ldimi, u endi ona. U butun umrini o’z farzandiga bagishlaydi. Yemay yediradi,  ichmay ichiradi, kiymay kiydiradi. Onaning bir qo’li beshik tebratsa, bir qo’li dunyoni tebratadi.

Respublika yoshlar markazi Navoiy viloyati  bo‘linmasi “Tikuvchilik” to‘garagi rahbari D. Karayeva  joriy yilning 7-mart sanasida o‘quvchi qizlari  bilan birgalikda 8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilanGo‘zallikda tengi yo‘q mehribon-onam” mavzusida tadbir o‘tkazdi. Ushbu tadbirda o‘quvchilar faol ishtirok etdilar. Tadbirda ota-onalar ham ishtirok etib, markazdagi barcha to‘garaklari tomonidan bugungi kundagi olib borilayotgan keng ko‘lamli ijobiy islohatlar farzandlari hayotida muhim ahamiyatga nechog‘li ega bo‘layotganligi haqida o‘z fikr-mulohazalarini bayon etib, xursandliklarini bildirib o‘tdilar. Tadbir barchaga birdek manzur bo‘ldi. Tadbir so‘ngida qatnashchilar Respublika yoshlar markazi Navoiy viloyati bo‘linmasi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Quyoshsiz yorug‘lik, sevgisiz baxt-saodat, ayolsiz muhabbat, onasiz inson ham bo’lmaydi. Ona har birimiz sog‘inadigan ma’budadir. Ona bola uchun hayot, havo, suvdek zarurdir. Onadek mehribon xokisor, beg‘araz, beminnat bu dunyoda topilmaydi. Dunyoda yaxshi yoki yomon insonlar bo’lishi mumkin, lekin farzand uchun onaning yaxshi yomoni bulmaydi. Onani dildan sevmagan, uni madh etishga shoshilmagan hech bir inson bo’lmasa kerak,-dedi  to‘garak rahbari D.Karayeva.