Jazoni ijro etish muassasalarida teatr va kino sohasidagi taniqli ijodkorlar bilan hamkorlikda uchrashuvlar tashkil etildi




Jazoni ijro etish muassasalarida teatr va kino sohasidagi taniqli ijodkorlar bilan hamkorlikda uchrashuvlar tashkil etildi

Doimiy e’tibor talab hamda mamlakatimizda kechayotgan islohotlarga ob’ektiv baho berishimiz mumkin bo‘lgan fuqarolar jamoasi maskani.

Respublika yoshlar markazi hamda Teatr va kino sohasidagi taniqli Ijodkorlar bilan hamkorlikda, Bolalar (23-sonli) va Ayollar (21-sonli) koloniyasida muassasadagi fuqarolarimiz bilan suhbat, fikr almashinuv uchrashuvi o‘tkazildi.

Uchrashuvning qiziq jixati shuki, tashrifimiz vaqtida (2020, fevral) tarbiyalanuvchilarning soni o‘tgan yilda qilgan tashrifimiz vaqti (2019, fevral) paytidagiga ko‘ra teng yarmiga qisqargan.

Shuningdek, tarbiyalanuvchilar tez muddatda ushbu muassasadan chiqishga bo‘lgan ishtiyoqida ko‘pgina jixatlar namoyon bo‘ldiki, ular aynan davlatimiz tomonidan fuqarolarimiz uchun yaratilayotgan imkoniyat va imtiyozlarni jiddiy tarzda anglab yetganlar. Ya’ni, turli amaliy ishlar natijasida ularda bu kabi marralarga erishishga to‘liq va qat’iy ishonch xosil qilingan.

Albatta, bunday ijobiy natijalarning zamirida davlatimiz va xukumatimizning keng miqyosdagi islohotlari aks etadi.

Tadbirda ishtirok etgan ijodkorlarga hamda uchrashuvni tashkil qilishga ko‘maklashgan IIV JIEBBga alohida minnatdorchilik bildiramiz.