Jazoni ijro etish muassasidagi to’garaklar o`z natijasini bermoqda.




Jazoni ijro etish muassasidagi to’garaklar o`z natijasini bermoqda.

Buyuk el farzandlarining hech biri e`tibor markazidan chetda qolmaydi. Shu jumladan, ijtimoyi sohada olib borilayotgan islohotlarning ahamiyati kattadir. Shu o’rinda bir narsaga to’xtalib o’tadigan bo’lsak, Respublika yoshlar markazi Toshkent viloyati Yoshlar markazining faoliyatini biz endilikda O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Jazoni ijro etish Bosh Boshqarmasiga qarashli Jazoni ijro etish ayollar kolonniyasida ham kuzatishimiz mumkin. Hayot yo’lida adashib yomon yo’llarga kirib qolgan yoshlarimizni kasb-hunarga yo’naltirib ularni kasbiy bilim va ko`nikma bilan ta`minlash maqsadida Jazoni ijro etish muassasalarida turli xil kasb-hunar va xorijiy tillar yo`nalishidagi “Yosh psixologlar”, “Tikuvchilik”, “Ingliz tili” hamda “Rus tili” kabi to’garaklar tashkil etilib, o`z faoliyatini samarali tarzda olib bormoqda. Ushbu to’garaklarda ayollar turli xil kasb-hunar va bilimlarni qiziqish bilan o’rganayotganligini inobatga olib, kelgusida to’garaklarning sonini ko’paytirish va mavjud to`garaklar faoliyatini yanada takomillashtirish rejalashtirilgan.

Bu to`garaklarda 170 dan ortiq ayollar ishtirok etmoqda. Bunday to`garaklarning faoliyat olib borilishi buyuk davlatimiz fuqarolariga bir qancha yengilliklarni yaratib berayapti degan umiddamiz. Zero, Har bir yosh e`tiborimizda!