Muddatli harbiy xizmatni o‘tagan yoshlar bizning markazimiz a’zolari bo‘lishdi




Muddatli harbiy xizmatni o‘tagan yoshlar bizning markazimiz a’zolari bo‘lishdi

Joriy yilning 12-aprel kuni Xorazm viloyati bo’linmasining Urganch shahrida joylashgan Urganch vokzalida Respublika yoshlar markazi Xiva shahar bo‘linmasi to‘garak rahbarlari tomonidan muddatli harbiy xizmatni o‘tab yigitlik burchini o‘tagan, Vatanimizga xizmat qilgan yoshlarga targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi. Ushbu targ‘ibot tadbirida Respublika yoshlar markazi faoliyati keng yoritildi, ma’lumotlar berildi, tashkilotni maqsad va vazifalari gapirilib o‘tildi. Keyin, Xiva shahrida yashab istiqomat qiladigan yoshlarga Respublika yoshlar markazi Xiva shahar bo‘linmasi to‘garaklari haqida ma’lumotlar berildi. Muddatli harbiy xizmatni o‘tagan yoshlar Respublika yoshlar markazi Xiva shahar bo‘linmsi a’zosi bo‘lishdi.

Xorazm viloyati Xiva tuman Mudofaa bo‘limi bilan Respublika yoshlar markazi Xiva shahar bo‘linmasi hamkorlikda muddatli harbiy xizmatni o‘tagan yoshlarga Xiva tuman mudofaa bo‘limida targ‘ibot tadbiri muntazam ravishda amalga oshirilib kelinmoqda. Ushbu tadbirda Respublika yoshlar markazi Xiva shahar bo‘linmasida tashkil qilingan to‘garaklar faoliyati yoritilib kelinmoqda. Muddatli harbiy xizmatni o‘tab bandligi ta’minlanmagan uyushmagan yoshlarni ro‘yxati shakillantirildi. Muddatli harbiy xizmatni o‘tab bandligi ta’minlanmagan uyushmagan yoshlari Respublika yoshlar markazi Xorazm viloyati Xiva shahar bo‘linmasi to‘garaklariga jalb qilindi.