Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tuman bo‘linmasi bir qator hamkor tashkilotlar bilan birgalikda o‘tkazilgan mehnat yarmarkasida.




Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tuman bo‘linmasi bir qator hamkor tashkilotlar bilan birgalikda o‘tkazilgan mehnat yarmarkasida.

Mamlakatimizda yoshlarga e’tibor kundan kunga otrsa ortayaptiki, aslo kamaygani yo‘q. Buni yorqin misoli sifati “Yoshlar kelajagimiz” jamg‘armasining tashkil etilishi va jamg‘arma orqali yoshlarni imtiyozli kredit olib o‘z tadbirkorliklarini yo‘lga qo‘yayotganliklarini, har hafta tuman va shaharlarning turli hududlarida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkalarining tashkil etilayotganligi, qolaversa Respublika yoshlar markazining shahar va tuman bo‘linmalarida bepul kasb-hunarga o‘rgatuvchi to‘garaklarning faoliyati yo‘lga qo‘yilganligini ko‘rishimiz mumkin.

To‘raqo‘rg‘on tumanidagi Ahsi qishlog‘i Qodirobod mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan kompyuter texnologiyalari va servis kasb-hunar kollejida joriy yilning 4 fevral kuni tuman hokimligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi To‘raqo‘rg‘on tuman Kengashi, Respublika yoshlar markazi Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tuman bo‘linmasi, tuman bandlikka ko‘maklashish markazi va boshqa bir qator hamkor tashkilotlar bilan birgalikda bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Yarmarkada tuman bo‘linmasi to‘garak rahbarlari ham o‘z ko‘rgazmalari bilan ishtirok etdilar.

Yarmarka davomida shu hududda yashovchi aholi tomonidan kollejda bepul to‘garaklarimizni ko‘chma tarzda tashkil etish taklifini bildirishdi. Tuman Kengashi raisi va kollej rahabariyati kelishgan holda “Pazandachilik” to‘garagini ko‘chma tarzda tashkil etishga kelishib olindi va shu yerni o‘zida to‘garakka a’zolar qabul qilindi. 

Mehnat yarmarkasi tashkil etilganligi va tuman bo‘linmasi to‘garaklarining ijodiy ko‘rgazmasidan Qodirobod va Fayziobod mahallasi aholisi hamda yoshlari juda xursand bo‘ldilar.