Navro’z asriy qadriyatlar tarannumi




Navro’z asriy qadriyatlar tarannumi

O'zbekiston yoshlar ittifoqi Jizzax viloyat Kengashi va uning qoshidagi Respublika yoshlar markazi Jizzax viloyat bo’linmasi tomonidan, “Sumalak sayli” tashkil qilindi, sayilda Yoshlar Markazi xodimlari o’z ishlarini ko’rgazma sifatida namoish etishdi, qolaversa bo’linma qoshidagi “Ingiliz tili” to’garak a’zolari varrak uchirish bellashuvida ishtirok etishdi. Sayilda turli xildagi raqslar, navro’z haqida she’rlar, qo’shiqlar namoish etildi. O’sib kelayotgan yoshlar ichidan “Temuriylar” maktabi o’quvchilari ham faol ishtirok etishdi.

Xotin-qizlarimiz tomonidan sumalak sayli, milliy raqslar, xalq lapar va aytishuvlari, kelin salomlar turli chiqishlar namoyish qilindi. To’garak a’zo yigitlari esa varrak uchirish musobaqasi o’tkazildi, kurash, stol tennis, arqon tortish bo’yicha o’zaro kuch sinashdilar. 

Respublika yoshlar markazi xodimlari ham bu tadbirda faol ishtiroki uchun Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi D.Xudayshkurov tomonidan alohida minnadorchilik bildirildi. Tadbir ko’rgazma sifatida tayyorlangan ishlardan, eng chiroyli va bejirim deb topilgan to’garak rahbarlarini Yoshlar ittifoqi tomonidan diplom, faxri yorliq va estalik sovg’alar bilan taqdirlandi.