Navro’z bayrami Vobkent tumanida…




Navro’z bayrami Vobkent tumanida…

Navro'z xalqimizning eng sevimli bayramlaridan biri hisoblanadi. Chin ma’noda bahor bayrami. Bunda dasturxonlar noz-ne’matlarga to'lib toshadi, deyarli har bir o'zbek xonadonida doshqozonlarda sumalak qaynaydi. Yoshlarni aytmaysizmi, qizlar sochlariga jamalak taqishadi, bolalar va yigitchalar esa qo'lga varrakni olib qir-adirlarga yugurib ketishadi.

Shunday ajoyib bayramni ham Respublika yoshlar markazi Buxoro viloyat Vobkent tuman bo’linmasi ham o’zgacha shukuhda kutib oldi.

Tumandagi 21-umumiy o’rta ta’lim maktabida “Xush kelding Navro’z” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi.

O’zbek xalqining o’ziga xos milliy o’yinlar, laparlar… Milliy taomlar ko’k somsa, chuchvara kabi taomlar esa, bayramga o’zgacha shukuh baxsh etdi.

Shu bilan birga, mazkur bayramga yoshlarning taomlar va tikuvchilik tanlovlari ham tashkil etildi. Mazkur musoboqalarda Yoshlar Markazi to’garak a’zolari ham faol ishtirok etdi.