Oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga tavsiya etildingiz!




Oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga tavsiya etildingiz!

Respublika yoshlar markazi va uning hududiy hamda mahalliy bo‘linmalari qoshida tashkil etilgan bepul to‘garaklarning asosiy vazifalari yoshlarning savodxonligini oshirish, kasb-hunarga yo‘naltirish hamda har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bo‘lib, ushbu maqsadlar sari dadil odimlamoqda.

Tashkil etilganiga ko‘p bo‘lmagan Yoshlar markazlari qoshida faoliyat olib borayotgan to‘garaklar shu qisqa vaqt ichida o‘z natijalarini bera boshladi. “So‘z - isboti bilan” deganlaridek, Respublika yoshlar markazlarining hududiy hamda mahalliy bo‘linmalari huzuridagi fan va xorijiy, kasbga o‘rgatish, ijodiy hamda sport yo‘nalishlari bo‘yicha tashkil etilgan to‘garaklar a’zolari 3 oylik kurslar davomida egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarini ishga solib, yurtimizning nufuzli Oliy ta’lim muassasalariga davlat granti hamda to‘lov kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilgan yoshlarimiz soni kun sayin ortib bormoqda.

Jumladan:

Xorazm viloyati hududiy bo‘linmasi Yoshlar markazida tashkil etilgan “Yoshlar teatr ” studiyasi a’zosi Bobojonov Bekzod Ozod o‘g‘li hamda Otajonov Umirbek Raximberganovichlar O‘zbekiston san’at va madaniyat institutiga hujjat topshirib, mos ravishda davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida Oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga tavsiya etildilar. Gurlan tumani Yoshlar markazidagi “Rus tili” to‘garagi a’zolari Bekmuhamedova Rozaliya Ramil kizi, O‘tamuratova Shohida G‘ayratovna, Jumaboyeva Sohiba Ilhom qizi, Qurbonova Ozoda Farhod qizi Nukus davlat pedagogika instituti “Rus tili va adabiyoti” fakultetiga; Sobirova Shoxida Nurlabek qizi Samarqand davlat chet tillar instituti “Tarjima nazariyasi va amaliyoti: ingliz tili fakultetiga; Shukurlayeva Nilufar Gulmatovna Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali “Davolash ishi fakulteti”ga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etildilar. Xorazm viloyatining chekka tumani hisoblanmish Bog‘ot tumani yoshlari uchun tashkil etilgan “Fitnes” to‘garagi a’zolari Urganch davlat universitetining “Jismoniy madaniyat va sport” fakultetiga Xadjiboyev Umarbek Quranboy o‘g‘li (to‘lov-kontrakt), Shonazarov Shohrux Azimboy o‘g‘li (to‘lov kontrakt), va Xadjiboyeva Saodatjon Quranboy qizi (davlat budjeti) asosida Tillomuradova Oyxonim Ilxomovna Urganch Davlat Universiteti Xorijiy tillar ingliz tili yo‘nalishiga davlat granti asosida o‘qishga tavsiya etildilar.

Namangan viloyati Yoshlar markazi qoshida tashkil etilgan “Rus tili” to‘garagi a’zosi Namangan viloyatining chekka tumanlaridan biri Yangiqo‘rg‘on tumanining Vodiy MFYda tavallud topgan O‘rinboyev Ulug‘bek Maxammadali o‘g‘li hamda Sultonbuloq MFYda tug‘ilgan Tursunov Temur Asatillo o‘g‘li to‘garak davomida olgan bilim, chekkan zahmatlarining mevasi o‘laroq Namangan muhandislik texnologiyalari institutiga to‘lov-kontrakt va davlat granti asosida o‘qishga tavsiya etildilar.

Paxtachi qishlog‘i Jizzax viloyati Paxtakor tumanining chekka qishloqlaridan biri hisoblanadi. Chekka hududdan bo‘lishlariga qaramay “Ingliz tili”, “Rus tili” va “Koreys tili” to‘garagi a’zolari Qilichev Baxriddin, Karimova Sevara, Abdunazarova Maftuna, O‘tamurodova Durdonalar Jizzax davlat pedagogika instituti Oliy ta’lim muassasasiga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilib, Yoshlar markazining asosiy maqsadlaridan biriga erishishda o‘zlarining ulkan hissalarini qo‘shishdi. Jizzax shahrining Yoshlar markazi qoshida faoliyat olib borayotgan “Kompyuter savodxonligi” to‘garak a’zolari Narimonova Maxliyo, Nabiyeva Maftuna, O‘razaliyeva Feruzalar ham o‘zlarining bilim va ko‘nikmalarini ishga solib Jizzax davlat pedagogika institutiga davlat granti asosida, Ortiqov Anvar Jizzax Davlat Politexnika instituti to‘lov konrakti o‘qishga tavsiya etildilar.

Samarqand viloyati Yoshlar markaziga a’zo yoshlar ham o‘zlarini ko‘rsatib Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga tavsiya etildilar. Jumladan, “Tikuvchilik” to‘garagi tashkil etilgan Bulung‘ur, Nurobod va Samarqand tumani Yoshlar markazi a’zolari Axrolova Dilafruz Sobir qizi Jizzax Davlat Pedagogika Institutiga, Eralova Muxlisa Zafar qizi Samarqand davlat universiteti to‘lov-kontrakt asosida hamda Fozilova Nilufar Salohitdinovna Ipak yo‘li Xalqaro turizm universitetiga davlat granti asosida, Samarqand shahar Yoshlar markazi qoshidagi “Ingliz tili” to‘garagi a’zolari Rajabov Obodjon Omatjon Habibullo o‘g‘li (Ipak yo‘li Xalqaro turizmiga), Mardonova Nafosat Abdusamiyevna, O‘runova Ziyoda Rustamovna, Anorova Fazilat Alibek qizi, Bekmurodov Shaxzod Mezom o‘g‘li Samarqand davlat universitetiga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etildilar.

Toshkent viloyati bo‘linmasi Chinoz tuman mahalliy bo‘linmasi yoshlari ham Yoshlar markazi tomonidan tashkil etilgan “Ingliz tili” to‘garagi a’zolari Hazratqulov Abbos Axror o‘g‘li Chirchiq Jismoniy tarbiya va Madaniyat institutiga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etildilar.

Andijon viloyatining Asaka hamda Bo‘z tumanlarida tashkil etilgan “Ingliz tili” hamda “Kompyuter savodxonligi” to‘garak a’zolari Egamberdiyeva Nodira Andijon Mashinasozlik institutiga, Komilov Davron Namangan Davlat Universitetiga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etildilar.

Surxondaryo viloyat Yoshlar markazi a’zolari o‘zlarining bo‘sh vaqtlarini unumli va samarali tashkil etib, Markaz qoshidagi to‘garaklarda olgan bilim va ko‘nikmalarini yurtimizning nufuzli Oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida ijobiy foydalanib o‘qishga tavsiya etildilar. Jumladan, Qo‘zimurodova Zuxra Anvarjon qizi, Oltiboiyeva Yulduz Eshniyoz qizi, Mamarajapova Barfina O‘ral qizi, Mardonova Muyassar, Raimov Humoyiddin Alisher o‘g‘li, Aliqulova Gavhar Shavkatovna, Xo‘jakeldiyeva Shohsanam, Abdualiyev Akobir Abdusamat o‘g‘li hamda Qobilova Xumora Qobil qizi kabi o‘quvchi yoshlar Toshkent Ichki ishlar akademiyasiga, Termiz davlat universiteti koshidagi harbiylashtirilgan maxsus guruh hamda Termiz davlat universitetiga davlat granti hamda to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etildilar.

Navoiy viloyatining Navoiy shahri, Xatrichi hamda Qiziltepa tuman Yoshlar markazlarining “Tasviriy san’at” va “Milliy hunarmandchilik” to‘garak a’zolari Adizova Aziza Oybek qizi, Mahliyeva Maxliyo Qaxramon qizi, Nuriddinova Zarnigor Jamoliddin qizi va Ochilov Umid Murodullo o‘g‘li Navoiy davlat pedagogika institutiga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etildilar.

Respublika yoshlar markazining Toshkent shahar bo‘linmasida faoliyat yuritayotgan “Yosh matematiklar” to‘garagi qolgan to‘garaklarga nisbatan ancha samarali tarzda olib borilmoqda. Buning isboti sifatida Toshkent shahar yoshlarining qaysi to‘garakdan Oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga qabul qilingaligidan bilib olsa bo‘ladi. Axmadov Mixruz Nuriddin o‘g‘li, Uzoqov Zuhriddin  Usmon o‘g‘li, Panjiyev Komoliddin Alisher o‘g‘li, Qurbonov Azamat Qahramon o‘g‘li Toshkent Moliya Instituti, Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va eksplotatsiyasi instituti, Turin Politexnika Universiteti, Temir yo‘l muhandislari institutiga o‘qishga tavsiya etildilar.

Farg‘ona viloyatining Hududiy hamda mahalliy bo‘linmalarida tashkil etilgan “Rus tili” to‘garagi va “Fitnes” klubi a’zolari Tursunova Xushnida Nizomiddin qizi, Kabirova Muxayyo  G‘ayratjon qizi, Valijonov Asilbek Ulug‘bek o‘g‘li, To‘g‘onov Abdulla Abduhayot o‘g‘li, G‘ulomov Jamshid Jaxongir o‘g‘li, Yusupova Gulnur Sadirali qizi, Farxodjonov Dostonbek Doniyorjon o‘g‘li Oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida bor kuch, bilim va mahoratlarini ishga solib, Kamoliddin Behzod nomidagi Toshkent milliy rassomchilik va dizayn instituti, Milliy Xavfsizlik xizmati instituti, Ichki ishlar Akademiyasiga to‘lov-kontrakt va davlat granti asosida talabalikka tavsiya etildilar.

Respublika yoshlar markazining Qoraqalpog‘iston bo‘linmasining Amudaryo va Taxtako‘pir mahalliy bo‘linmalari qoshida tashkil etilgan “Kompyuter savodxonligi” hamda “Yosh matematiklar” to‘garak a’zolari Sa’dullayeva Kamola va Quo‘atbayev Shaxzod to‘garak davomida olgan bilimlaridan samarali foydalanib, Qoraqalpoq davlat universitetiga to‘lov-kontrakt hamda davlat granti asosida o‘qishga tavsiya etildilar.

Har bir inson uchun o‘z mehnati samarasini ko‘rish ulkan baxtdir! Xuddi shu kabi Respublika yoshlar markazi va uning Hududiy hamda mahalliy bo‘linmalari qoshida faoliyat olib borayotgan fan, xorijiy til, kasbga o‘rgatish, ijodiy hamda sport yo‘nalishlari bo‘yicha to‘garaklardan jami 65 nafar o‘quvchi yoshlar Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilindilar. O‘Z mehnatlari samarasi o‘laroq Respublika yoshlar markazining bugungi kun yoshlari o‘z kelajaklarini barpo etishda ilk katta qadamni qo‘yishdi. Respublika yoshlar markazining rahbariyat va xodimlarining boshlari ko‘kka yetgan holda ularga chin ko‘ngildan kelgusi o‘qish va ish faoliyatlarida kattadan-katta muvaffaqiyat va zafarlar tilab qoladi.



Image

Image

Image

Image

Image

Image

Image

Image

Image

Image

Image

Image

Image

Image

Image

Image

2018-08-14 Tashriflar soni: 933



Saytdan qidiruv


Kalendar


Du
Se
Chor
Pay
Ju
Shan
Yak

Tashriflar soni

  • Hozir saytda. : 12

  • Bugun mehmonlar : 150

  • So'nggi oy mehmonlar : 686

  • Barcha mehmonlar : 14765