Otalar- hurmatga sazovor!!!




Otalar- hurmatga sazovor!!!

O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi. 3.08.2018. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi "Oila" ilmiy-amaliy tadqiqot markazi tomonidan "FARZAND TARBIYASIDA OTANING MAS'ULIYATI, VAZIFASI VA MAJBURIYATI: MUAMMO VA YECHIM" mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjuman bo'lib o'tdi.

Ushbu konferensiyada Xorazm viloyatidan psixolog Xolida Rajabova ham ishtirok qildi.

Qisqacha taasurotlar:

Har bir inson tug'ilganidan boshlab butun umri davomida oila deb atalmish dargohda o'sib ulg'ayadi. Oiladan ayro yashash taqozo qilganda ham baribir o'sha muqaddas dargohga yetib keladi. Ayniqsa o'zbeklar uchun oila-muqaddas.  Ko'pchilik oilalarda muammoli vaziyatlarning sodir bo'lishi,  bu esa inson ruhiyatiga salbiy ta'sirini  o'tkazishi, ichki xotirjamlikning yo'qolishi, jamiyat kelajagiga ta'sir qiluvchi salbiy omil bo'lishi mumkin.

     Shunday tadqiqot o'tkazilganki, yoshlarga: "Kelajakda qurilajak oilangiz o'z (ota-ona, aka-uka opa-singillar bn yashaydigan o'zining tug'ilib o'sgan) oilangizga o'xshashini istarmidingiz?" shaklida savol bilan murojaat qilinganda 35% yoshlar bundan norozi bo'lgan, rad javob berishgan. Bu esa asosiy muammolardan biri. Bugungi kunda oila mustahkamligi va tinch totuvligi yo'lida otaning oiladagi roli muhim. Oilada otaning mukammal obrazi bo'lsa muammolar kamroq bo'lardi. 

Siz-chi? Siz qanday fikrdasiz. Oilangizda o'zingizni baxtli his qilasizmi? Siz uchun otangiz idealmi? Agar savolga  ijobiy javobingiz bo'lsa sizni tabriklaymiz! Buning uchun albatta  otangizni eslab qo'ying!  Uyimiz posboni, ishongan tog'imiz bo'lgan otalarimiz baxtimizga doimo sog'-omon bo'lishsin!

Konferensiya yakunida "Otalar kuni "sifatida qaysidir sanani bayram qilish kerakligi taklif sifatida aytildi. Chunki otalar-hurmatga sazovor!



Image

2018-08-03 Tashriflar soni: 794



Saytdan qidiruv


Kalendar


Du
Se
Chor
Pay
Ju
Shan
Yak

Tashriflar soni

  • Hozir saytda. : 17

  • Bugun mehmonlar : 150

  • So'nggi oy mehmonlar : 686

  • Barcha mehmonlar : 14765