“O`zbekiston va Qirg`iziston yoshlari yaxshi qo`shnichilik an`analarini davom ettiradilar”




“O`zbekiston va Qirg`iziston yoshlari yaxshi qo`shnichilik an`analarini davom ettiradilar”

   O`zbekistonlik yoshlar Qirgizistonga tashrif buyurib, ikki davlat yoshlarining ijtimoiy, madaniy, ma’naviy-ma’rifiy hamkorligini mustahkamlash maqsadida “O`zbekiston va Qirg`iziston yoshlari yaxshi qo`shnichilik an`analarini davom ettiradilar” shiori ostida chegara hududlari yoshlari ishtirokida forum o`tkazildi. 2 kun davom etgan Forum “Classic” mehmonxonasining konferensiyalar zalida bo`lib o`tdi.

      Ochilish marosimida GAMFKS direktori K.M Amankulov, Respublika  yoshlar markazi Andijon viloyati bo`linmasi direktori SH.A.Sultanov, Birlashgan Millatlat Tashkilotining Qirg`izistondagi vakili Ozzoniya Ogielo hamda PPPK o`rinbosari Ahmadjon Muhammadovlar forum ishtirokchilari bilan tanishib ikki davlat o`rtasidagi turli sohalardagi hamkorlik faoliyatini rivojlantirish, takomillashtirish xususida o`z fikr va mulohazalarini bildirib o`tishdi. Shundan so`ng, ikki davlat yoshlar tashkilotlarining ma`sul xodimlari o`z faoliyatlari, ishlash mexanizmlari to`grisida taqdimotlarini ishtirokchilar e`tiboriga havola etdilar. Shuningdek, Birlashgan Millatlat Tashkilotining nuqtai nazaridan transchegaraviy hamkorlik bo`yicha qo`shma ish tajribasi mavzusida Yuji Mokyo tomonidan ham ma`ruza tinglandi.

      Forum davomida Birlashgan Millatlat Tashkilotining Tinchlikni tiklash jamg`armasi “Qirg`iziston bilan O`zbekiston yoshlarining roziligi va hamkorligini rag`batlantirish” loyihasining taqdimoti bo`lib o`tdi.

      Forumning ikkinchi kunida Andijon-O`sh, Namangan-Jalolobod va Farg`ona-Batkent viloyatlarining  yoshlari guruhlarga bo`linib, 2019-2020 yillarda ikki tomonlama hamkorliklarni yo`lga qo`yish bo`yicha vazifalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Muhokamalar so`nggida barcha guruhlar o`zlarining kelgusidagi hamkorlik loyihalari bo`yicha taqdimot o`tkazdilar. Forumning yakuniy qismida jamoalar tomonidan berilgan takliflar yuzasidan tashkilotchilar o`zlarining ijobiy fikrlarini bildirishib, ushbu loyihalar har ikki davlatning ijtimoiy rivojlanishiga o`z hissasini qo`shishni alohida ta’kidlab o`tdilar.