Raqobatlarda o‘zini ko‘rsata oladigan yoshlar...




Raqobatlarda o‘zini ko‘rsata oladigan yoshlar...

Mamlakatimizda yosh avlodning ma’nan va jismonan bo‘lib voyaga yetishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Bugun oilalarda sog‘lom muhitni kuchaytirish, bolalarni o‘z qiziqishlariga qarab, sport turlariga jalb qilish, jismonan sog‘lom va  har tamonlama  ularni ma’naviy asoslarini mustahkamlash bo‘yicha olib borilayotgan islohatlar tahsinga loyiqdir. Sportsevar yoshlarimizni  bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishni tashkil etish, va bellashuv tadbirlarda faol bo‘lishlari  bo‘yicha topshiriq va vazifalarni o‘z vaqtida bajarish borasida Navoiy viloyatida ham imkon qadar chora-tadbirlarga  e’tibor qaratilmoqda.

Joriy yilning 7-mart kuni Respublika yoshlar markazi Navoiy viloyati bo‘linmasida o‘z faoliyatini olib borayotgan “Badiiy gimnastika” to‘garagi a’zolari  va viloyat BO’SM sportchi qizlari o‘rtasida 8-mart Xotin-qizlar bayrami munosabati bilan musoboqa tashkil etildi. Ushbu  musoboqasida  sakkiz nafar sportchi qizaloqlar ishtirok etib, birinchi o‘ringa loyiq topildi.

Raqobatlarda o‘zini ko‘rsata oladigan yoshlarimiz safini kengayib borayotganligi bizni quvontiradi. Aynan yoshlik chog‘idan sport bilan do‘st bo‘lgan yoshlarning o‘z ustida ishlashi, xarakterining toblanishi, musobaqalarda qatnashish orqali qat’iyatlik va mardlik xususiyatlarining shakllanishi, g‘alabaga intilishi, bukilmas irodaga ega bo‘lishi va sog‘lom va baquvvat bo‘lib ulg‘ayishida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Bu esa bir so‘z bilan aytganda kelajak poydevori yuksalishi yo‘lida mustahkam zamin yaratadi.