Respublika yoshlar markazida kengaytirilgan, umumiy, tanqidiy-tahliliy yillik hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.




Respublika yoshlar markazida kengaytirilgan, umumiy, tanqidiy-tahliliy yillik hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi muassisligidagi Respublika yoshlar markazi 2018 yil davomida amalga oshirilgan ishlar natijalari to‘g‘risida 20-dekabr kuni Markazning barcha Hududiy bo’linmalar direktorlari hamda xo‘jalik ishlari bo‘yicha mutaxassislari bilan birgalikda faoliyat davomida erishilgan yutuqlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarga oid kengaytirilgan, umumiy, tanqidiy-tahliliy yillik hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Ushbu yig‘ilish davomida ko‘rilgan asosiy masalalar yuridik, o’quv uslubiy, kadrlar, buxgalteriya, Axborot-resurs markazlari,  xo‘jalik ishlariga oid masalalar sinchkovlik bilan o‘rganilib chiqildi hamda kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha zarur topshiriqlar berildi. Barcha hududiy bo‘linmalarda berilgan topshiriqlarni bajarishda xodimlar salohiyati va imkoniyatlaridan samarali foydalanish bo‘yicha bo‘limlar miqyosida navbatma-navbat ko‘rib chiqildi.

Yuridik masalalar:

2018 yil davomida Respublika yoshlar markazi tomonidan huquqiy masalalarda jami O‘zbekisiton Respublikasi Adliya vazirligining hududiy boshqarmalaridan 14 ta Nizom, 15 ta guvohnoma ro‘yxatdan o‘tkazildi. 9 ta O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi Ijroiya Qo‘mitasining qarorlari shuningdek ushbu qarorlarga ilovalar sifatida 35 ta huquqiy-me’yoriy hujjatlar ishlab chiqildi va belgilangan tartibda tasdiqlandi.

Shu bilan birga Markaz va uning hududiy bo‘linmalarida yuridik masalalarda ko‘plab ijobiy hamda samarali ishlar amalga oshirildi. Markaz o‘z ramziga ega bo‘lgani, to‘garak rahbarlariga soatbay tarzda ish haqqi to‘lab kelinayotganligi va monitoring ishlarini huquqiy asoslari yaratilgani fikrimiz isboti bo‘la oladi. Ayni vaqtda yuridik masalalarda hududlarda yetarli kamchiliklar ham borki, ularni ta’kidlab o‘tish Markaz faoliyati uchun faqatgina foyda keltiradi. Yuridik masalalar bo’yicha barcha viloyatlar va undagi kamchiliklar o’rganib bartaraf etish bo’yicha vazifalar topshirildi.

Shu o‘rinda umumiy tarzda 2019 yilning 1 fevral kuniga qadar 2018-yildagi hisobotlarni Adliya boshqarmalariga tegishli jadval asosida taqdim etilishi belgilandi.

To‘garaklar faoliyati bo‘yicha:

To‘garaklar faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha olib borilgan ishlar va to‘garaklarni takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar tog‘risida hamda yuzaga chiqqan muammo va kamchiliklar aytib o’tildi. Shuningdek yoshlarimiz uchun ularning bilim va kasb-hunar egallashlari uchun shart sharoitlar yaratib berish uchun hududiy bo’linmalarga moddiy texnik baza bilan taminlash to’grisida tushunchalar berilib o’tildi. Moddiy texnik baza bilan hududiy bo’linmalar yangi Respublika yoshlar markazi tomonidan 100 ta kompyuter, 150 ta tikuv mashinalari hamda kerakli bo’ladigan o’quv qirollari bilan taminlandilar. Yoshlarimiz uchun bunday sharoitlar yaratib berilishi kelajakda yetuk mutaxassislarni tayyorlab chiqarish va ularni kasb-hunarli qilib jamiyatda o’z ornini topib ketishlari uchun yordam berish Respublika yoshlar markazining asosiy maqsadlaridan biridir.

Axborot-resurs markazi mutaxassislari:

Respublika yoshlar markazining to‘garakalari faoliyatini Ommaviy axborot vositalarida keng yoritish masalalari bo’yicha yillik hisoboti o’rganib chiqildi, shuningdek Hududiy bo’linmalar xodimlari tomonidan taqdim etilayotgan ma’lumotlar qanday darajada yoritib berilayotgani tubdan tahlil qilindi.

Markazlar qoshida tashkil etilgan to‘garaklar faoliyatini yuzaga chiqarish hamda mashg‘ulotlar jarayonini keng ommaga yoritib berish bu eng asosiy mavzulardan biridir. Mutaxassislarga bu yo‘nalish bo‘yicha alohida qat’iy topshiriqlar berildi hamda to‘garaklar faoliyatini yanada kengroq yoritish masalalarini o‘rganilib chiqildi.

Kengaytirilgan umumiy yig‘ilish davomida hamda so‘nggida barcha mas’ul xodimlarga yuzaga kelgan kamchiliklarni o‘z vaqtida bekam-u ko‘st bartaraf etish bo‘yicha zarur qat’iy topshiriqlar, chora-tadbirlar hamda kelgusi 2019-yilda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan muhim ishlar belgilab olindi.



Image

Image

Image

Image

Image

Image

2018-12-27 Tashriflar soni: 240



Saytdan qidiruv


Kalendar


Du
Se
Chor
Pay
Ju
Shan
Yak

Tashriflar soni

  • Hozir saytda. : 9

  • Bugun mehmonlar : 152

  • So'nggi oy mehmonlar : 688

  • Barcha mehmonlar : 14765