“Salom Navro’z, biz seni sog’indik”




“Salom Navro’z, biz seni sog’indik”

Yurtimizning milliy bayramlaridan biri bo`lmish Navro`z bayrami yurtimiz bo`ylab keng nishonlanib kelmoqda. Yasharish va poklanish bayrami Navro`z xalqimizning qadimiy va o`lmas an`analarini biri bo’lib barcha hududlarimizda ko’tariki ruhda nishonlanmoqda. Hozirda butun viloyatlar bo`ylab bayram shukuhi kezib yuribdi desak aslo mubolag`a bo`lmaydi. Mana shunday bayram shukuhi Respublika yoshlar markazi Jizzax viloyati bo`linmasi Zaribdor tumanida ham o`zgacha kutib olinmoqda.

18-mart sanasida Zaribdor tumani “Bolalar spotni rivojlantirish” stadionida nishonlandi, ushbu bayram tadbiri yosh-u qari birdek keng tarkibda nishonlandi. Bayramda Zaribdor tumani to’garak rahbari-koordinatori Mustafaqulova Sarvinoz, to`garak rahbarlari hamda to`garak a’zolarining o`z qo`llari bilan yasagan qo`l mehnatlari namunalari omma e`tiboriga xavola etilib ko`rgazma tashkil qilindi. Yana shuni aytish joizki iste’dodli to`garak a`zolari o`zlarining raqs, kuy-qo`shiqlari, bahoriy she’rlari bilan tuman bayramda ishtirok etishdi. Yoshlar ittifoqi Zaribdor tuman Kengashi raisi tomonidan Yoshlar Markazi xodimlariga tadbir targ’ibot-tashriqot ishlarini amalga oshirishlari uchun banner ham tayyorlab berganligi, Zaribdor tumani Yoshlar Markazi faoliyatini kengayishiga zamin yaratdi.