Sardoba suv ombori toshqini natijasida jabr ko’rgan aholi bilan uchrashuv




Sardoba suv ombori toshqini natijasida jabr ko’rgan aholi bilan uchrashuv

Xabaringiz bor 2020 yil 1 may kuni O‘zbekistonda katta ehtimol bilan 1966 yilgi zilziladan keyingi yarim asr ichidagi eng yirik ofat ro‘y berdi – «Sardoba» suv ombori qurib bitkazilganiga uch yil o‘tar-o‘tmay dambaning bir qismi o‘pirilib, toshqin ro‘y berdi. 

Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma'lum qilishicha, suv toshqini oqibatida Sardoba, Mirzaobod va Oqoltin tumanlarining jami 32 381 gektar maydonlari talafot ko‘rgan.

Toshqin suvlari ushbu tumanlarning 10ta mahalla fuqarolar yig‘ini, 23ta aholi punkti, hududlardagi 4711ta turar va 277ta noturar joy obektlariga hamda 30 718 gektar ekin maydonlariga zarar yetkazgan.

O’zbekiston yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyati bo’linmasi hamda Respublika yoshlar markazi Sirdaryo viloyati bo’linmasi tashabbusi bilan 26-may kuni Sirdaryo viloyati Yangiyer tumanida joylashgan Akademik litseyda Sardoba suv ombori toshqini natijasida jabr ko’rgan aholi bilan uchrashib, ushbu litseyga evakuvatsiya qilingan yoshlarimiz uchun turli tadbirlar tashkil etildi. Tadbirda yoshlarimiz vaqtlarini mazmunli o’tkazishlari uchun turli ko’ngilochar o’yinlar hamda litseyning o’zida turli to’garaklar tashkil etildi.

Sardoba fojiasi bizga xalqimizning ofat qarshisida bemisl darajada hamjihat ekanini ko‘rsatdi desak mubolag’a bo’lmaydi.