Yoshlar markazida “Paxta terimi - 2018”




Yoshlar markazida “Paxta terimi - 2018”

Bugun paxtazorlarga boqar ekanmiz, g’o’za maydonlarining yashil tusdan oqlikka burkanib, go’yoki tovlanib, o’z jozibasi bilan hammamizni dalaga chorlayotganiga guvoh bo’lamiz.

Joriy yilda paxta xom-ashyosi yetishtiruvchi fermer xo’jaliklari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilganligi, urug’lik chigit, mineral o’g’it, yonilg’i-moylash mahsulotlari o’z vaqtida dala boshiga yetkazilib berilganligi, suvdan oqilona foydalanilganligi, dehqon-u fermerlarimizning fidokorona mehnatlari evaziga dalalarda mo’l hosil to’planishiga erishildi. Galdagi asosiy vazifa fidokorona mehnat hamda katta xarajat evaziga yetishtirilgan paxta hosilini qisqa muddatlarda va sifatli yig’ib-terib olish ishlarini uyushqoqlik bilan tashkil etishdan iborat. Paxta mavsumi yaqinlashar ekan, xalq orasida majburiy mehnatning oldini olish   uchun bir qator amaliy chora tadbirlar amalga oshirildi. Paxta terimiga yurtdoshlarimizni majburan jalb qilish to’xtatildi. Ammo shu yurt farzandiman degan har bir shaxs yurt kelajagi, uning ravnaqi uchun o’z hissasini qo’shishi, vatanparvarlik va fidoiylik namunalarini ko’rsatishga harakat qiladi. Chiqmasangiz hech kim sizni urishishga, po’pisa qilishga yoki bosim o’tkazishga aslo haqli emas. Lekin hosil ulkan. Dehqonlar mehnat qilgan. Oq oltin uvol bo’lmasligi kerak. Dam olish kunlarida dalalarga oilaviy chiqib, toza havoda bahra olib, o’ynab-kulib, davlatimiz xirmoniga hissa qo’shish ham vatanparvarlik belgisidir. Iqtisodiyotimizni yuksaltirish, ona yurtimiznig yanada ko’rkam va obodligi uchun munosib hissa qo’shish, paxta yig’im-terimida  ixtiyoriy ravishda jonbozlik ko’rsatish istagi borlar, ha, yo’q emas.

Shu jumladan, joriy yilning 7-oktabr sanasida O’zbekiston yoshlar ittifoqi ta’sisligidagi Respublika yoshlar markazi direktori Mamadiyev Xusniddin Norboyevich boshchiligida Markaz xodimlari hamda Toshkent shahar va Toshkent viloyati hududiy bo’linmalari vakillari tashabbusi bilan paxta yig‘im-terimi mavsumi davrida ixtiyoriy ravishda ishtirok etish istagini bildirgan xodimlar davlatimizning paxta yig’im-terimiga o’z hissasini qo’shib javlon urib mehnat qilishdi. Shunga muvofiq, Toshkent viloyati Quyi chirchiq tumanida “Paxta terimi - 2018” shiori ostida paxta terimida ishtirok etishdi.



Image

Image

Image

2018-10-08 Tashriflar soni: 788



Saytdan qidiruv


Kalendar


Du
Se
Chor
Pay
Ju
Shan
Yak

Tashriflar soni

  • Hozir saytda. : 17

  • Bugun mehmonlar : 150

  • So'nggi oy mehmonlar : 686

  • Barcha mehmonlar : 14765