Yoshlar markazining tikuvchilik to‘garagidan birdaniga 10 nafar bitiruvchi ishli bo‘ldi




Yoshlar markazining tikuvchilik to‘garagidan birdaniga 10 nafar bitiruvchi ishli bo‘ldi

Respublika yoshlar markazi Qoraqalpog‘iston bo‘linmasi Amudaryo tumanida tashkil qilingan to‘garaklaridagi dars jarayonlari bilan Yoshlar masalalari bo‘yicha tuman faoliyatini o‘rganish uchun “Yoshlar xaftaligi”doirasida tashkil qilingan ishchi guruh vakillari tanishdi.

“Pazandachilik” to‘garagining o‘quvchilari ularni ko‘taringki kayfiyat hamda o‘zlarining darslar davomida o‘rgangan pishiriqlari bilan kutib olishdi. Bundan so‘ng ishchi guruh vakillari “Tikuvchilik” to‘garagida 6 oy davomida tikuv sirlarini mukammal o‘rganib, o‘z ustida ishlashdan charchamay o‘zi bilan qator kelgan o‘quvchilar orasida darslarni o‘zlashtirishi bilan ajralib turgan qizlar to‘g‘ridan to‘g‘ri ishka joylashayotgan “Тамара Феруза” hususiy korxonasi ish faoliyati bilan tanishdi.

Ma’lumot uchun aytib o‘tishimiz kerak: “Тамара Феруза” korxonasi Tikuvchilik” to‘garagi rahbari Tamara Yusupovaga tegishli. Tamara opa o‘zi dars jarayonlarida qizlarning darsni qanchalik darajada o‘zlashtirishi va amaliyotda qo‘llashini kuzatib, ular orasidan eng yaxshi tikuvchilarni ishga joylashtirishni tuman to’garak rahbari-koordinatori bilan kelishib yo‘lga qo’ygan.

Bugungi kunga qadar o‘tgan yilgi Respublika yoshlar markazi Qoraqalpog‘iston bo‘linmasi “Tikuvchilik” to‘garagi bitiruvchilaridan 10 nafari ish bilan taminlangan.



Image

Image

Image

2019-02-09 Tashriflar soni: 25



Saytdan qidiruv


Kalendar


Du
Se
Chor
Pay
Ju
Shan
Yak

Tashriflar soni

  • Hozir saytda. : 9

  • Bugun mehmonlar : 152

  • So'nggi oy mehmonlar : 688

  • Barcha mehmonlar : 14765