“Zukko kitobxon” tanlovi tashkil etildi




“Zukko kitobxon” tanlovi tashkil etildi

Kitob-bilim manbai. Beminnat ustoz, og'ir damlarda hamroh, har doim to'g'ri yo‘l ko'rsatuvchi, kishilarni ezgulik sari yetaklovchi buyuk bir kuch ham kitobdir aslida! Bugungi kunda mamlakatimizda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, aholi o‘rtasida kitob o‘qishga bo'lgan qiziqishni yanada oshirish borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda.

Respublika yoshlar markazi Surxondaryo viloyat bo‘linmasida ham shu kabi tadbirlar tashkil etilgan bo‘lib, ular yoshlar mutolaa madaniyatini yuksaltirish va ularning bilimlarini mustahkamlashni nazarda tutadi. Bugun bo‘linma axborot-resurs markazida “Zukko kitobxon” tanlovining dastlabki saralash bosqichi bo'lib o'tdi. “Kitob-hayot chirog'i” deb nomlangan tanlovda Termiz davlat universitetining “Rus filologiyasi” va “O‘zbek filologiyasi” jamoalari o'zaro bellashdilar. Jamoalarga uyga vazifa sifatida Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasi, Chingiz Aytmatovning “Oq kema” qissasi va Holid Husayniyning “Shamol ortidan yugurib” romanlari berilgan edi. Tanlovda ushbu asarlar yuzasidan savollar o‘ynaldi. Yakunda O'zbek filologiyasi jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi hamda g'oliblar diplom va kitoblar bilan taqdirlandilar. “Eng yaxshi kitobxon” nominatsiyasiga esa Qarshiyev Ramazon loyiq deb topildi.