AVLODLAR XOTIRASI DOIM BARHAYOT




AVLODLAR XOTIRASI DOIM BARHAYOT

Xotira – о‘tganlarni eslatib turadi, о‘zlikni anglatadi. Qadr – insonni ulug‘laydi, jamiyatni bezaydi. Xotira va qadrlash kuni mazmun-mohiyatida ana shunday ezgu tamoyillar mujassam. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda tinchlik-osoyishtalik, hamjihatlik va bag‘rikenglik mustahkam qaror topdi. Kattalarga hurmat, kichiklarga izzat, mehr-oqibat tuyg‘ulari odamlar qalbi va shuuridan chuqur joy oldi. Ajdodlar xotirasini yod etib, ezgu ishlarini davom ettirish, bugun saflarimizda yurgan, elu yurt tinchligi va ravnaqi yо‘lida xizmat qilgan keksalarni e’zozlash ma’naviy hayotimizning ajralmas qismiga aylandi. Ikkinchi jaxon urushida jasorat ko`rsatgan, olovli maydonlarda o`z yurtining tinchligi va ozodligi, oilasi, farzandlarining xotirjamligi uchun kurashgan insonlar mudom xalqimiz ardog`ida beayov janglarda jon fido qilgan bobolarimiz xotirasi qalblarimizda abadiy yashaydi. Jumladan,  Respublika yoshlar markazi  Namangan viloyati bo'linmasida shakllantirilgan  “Rus tili” to'garagi a`zolari uchun ochiq dars o`tkazildi.  9-may "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan yoshlarning noananaviy hamda innovatsion ta'lim texnologiyalaridan (videorolik namoyishi, audio eshittirish,"atirgul"dan zanjir usuli va h.) foydalangan holda qiziqarli dars jarayonlari tashkil etildi.  Dars jarayonini monitoring qilish uchun markaz psixologi  hamda viloyatning chet tilga ixtisoslashgan maktablaridan malakali o'qituvchilar ham tashrif buyurdi. Kun mavzusi "Живём и помним..." deb nomlandi. Ochiq dars hamda aksiya jarayoni davomida  II-Jahon urushi yillarida Vatan uchun jonini fido qilgan vatandoshlarimiz xotiralari yodga olindi. Shuningdek,  bag`rikenglik va hamjihatlik haqida rus tilida suhbatlar olib borildi. Tadbir   so'ngida "Небо Победы"(G'alaba osmoni) aksiyasi o'tkazildi. Dars so'ngida yoshlar fikr mulohazalarini,  yutuq va kamchiliklarni baholashdi.