MILLIY QAHRAMONLARIMIZNI RUHINI SHOD ETIB ESLASH HAM FARZ, HAM QARZDIR.




MILLIY QAHRAMONLARIMIZNI RUHINI SHOD ETIB ESLASH HAM FARZ, HAM QARZDIR.

Xotira – о‘tganlarni eslatib turadi, о‘zlikni anglatadi. Qadr – insonni ulug‘laydi, jamiyatni bezaydi. Xotira va qadrlash kuni mazmun-mohiyatida ana shunday ezgu tamoyillar mujassam. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda tinchlik-osoyishtalik, hamjihatlik va bag‘rikenglik mustahkam qaror topdi. Kattalarga hurmat, kichiklarga izzat, mehr-oqibat tuyg‘ulari odamlar qalbi va shuuridan chuqur joy oldi. Ajdodlar xotirasini yod etib, ezgu ishlarini davom ettirish, bugun saflarimizda yurgan, elu yurt tinchligi va ravnaqi yо‘lida xizmat qilgan keksalarni e’zozlash ma’naviy hayotimizning ajralmas qismiga aylandi. Nuroniylarning salomatligini mustahkamlash, hayotini mazmunli qilish, kо‘nglini kо‘tarish yо‘lida amalga oshirib kelinayotgan ishlar izchil davom ettirilmoqda. Mamlakatimizda 9 may umumxalq bayrami – Xotira va qadrlash kunini, Ikkinchi jahon urushining har bir qatnashchisi, front orti mehnat faxriylari hamda mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bо‘lgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining xotirasi oldida hurmat bajo keltirish, yurtimizda mehr-oqibat, hamjihatlik, insoniylik, bag‘rikenglik va xayr-saxovat muhitini yanada mustahkamlash, yosh avlodni milliy an’analarimizga sadoqat va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida kamol toptirish hamda bu muqaddas ayyomni yuksak saviyada nishonlash maqsadida kо‘plab ishlarb amalga oshirilmoqda. Jumladan Respublika yoshlar markazi Samarqand viloyat bo'linmasi tizimidagi "Yosh siyosatchilar" klubi a'zolari  9-may "Xotira va qadrlash kuni"da faol ishtirok etishdi.

O‘tganlarning nomlarini yod etib, xotirasini hurmat bilan eslash, ularning arvohlarini shod qilish muqaddas odat sifatida qon-qonimizga singib ketgan. Shu ma’noda, urush maydonlaridan qaytmaganlarning xotirasi oldida, beshafqat janglarda halok bo‘lganlar va shu urushda qatnashgan barcha insonlarning jasorati va matonati tahsinga sazovordir. Bu ayovsiz urush ko`plab  beva-bechora va yetim-yesirlarni qoldirib, qanday og‘ir azob-uqubatlar olib kelganini yoshlar bilishlari lozim.

–Bugungi kunda omon bo‘lib, hayotimizga fayz bag‘ishlab kelayotgan urush qatnashchilari, faxriylarimizga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, og‘irini yengil qilish, qadrlash va e’zozlash biz yoshlar uchun ham qarz, ham farz, desak, hech qanday xato bo‘lmaydi. Ertaga pushaymon bo‘lmaslik uchun bugun burchimizni ado etsak, ayni muddao bo‘lar edi.

Xalqimiz Ikkinchi jahon urushi paytida mamlakatimizda 6,5 millionga yaqin aholi yashagan bo‘lsa, shundan 1,5 millioni urushda bevosita ishtirok etgan.

Ya’ni, yosh go‘dak va bolalarni, qariyalar va ayollarni hisobga olmaganda, xalqimizning 40 foizdan ko‘prog‘i qo‘liga qurol olib, jang maydonlarida qatnashgan.  Bu dahshatli urushda qariyb 500 ming kishi, ya’ni urushda qatnashganlarning 30 foizi halok bo‘lgan. Vatanini himoya qilishda jonini fido qilgan, xalq orzu qilgan erkinlik uchun kurashgan milliy qahramonlarimizni ruhini shod etib eslash ham farz, ham qarzdir.