NAMANGANLIK MUHAMMADSIDDIQ ENDI JAHON CHEMPIONATIDA…




NAMANGANLIK MUHAMMADSIDDIQ ENDI JAHON CHEMPIONATIDA…

"Respublika yoshlar markazi" Namangan viloyat, Kosonsoy tumani bo'linmasining "Karate Shotakan Do" sport to'garagi rahbari, Abdumutalov Muhammadsiddiq 22 - 23 aprel kunlari Turkiyaning Istambul shahrida bo'lib o'tgan Jahon chempionada ishtirok etdi. Ushbu musobaqada 40 ga yaqin mamlakatlar ishtirok etdi. 18 yoshlilar va undan yuqori bo'lgan 60 kg vaznli sportchilar orasida "WKF Kumite" yo'nalishida Bronza medalini qo'lga kiritdi.

Ruminiya, Shvetsiya, Polsha, Makedoniya va Gruziya sportchilari bilan to'qnashib, "Shobu-sanbon" baxslarida kumush medalni qo'lga kiritib Namanganga yorug' yuz bilan qaytdi.

Bugungi kunda Chempion Muhammadsiddiqning qo'l ostida Karate sport sirlarini o'rganayotgan yoshlar soni 90 nafardan ziyodni tashkil etadi.