Nurotada “Nur so`zana” milliy kashtachilik ko`rgazmasi…




Nurotada “Nur so`zana” milliy kashtachilik ko`rgazmasi…

Navoiy viloyatining Nurota tumani o`zining boy tarixi, milliy hunarmandchilik durdonalari bilan nafaqat yurtimizda, balki jahonda ham o`z obro`-e’tiboriga ega. Nurota tumanida kashtachilik hunari momolardan meros bo`lib, bu hunar yillar davomida sayqallanib kelmoqda. Kelgusi avlodlarga ham yetkazish, uning sir-asrorlarini o`rgatish borasida ko`plab amaliy ishlar “Respublika yoshlar markazi” Navoiy viloyat bo`linmasi Nurota tumanida “Milliy hunarmandchilik” to`garagida yoshlarga turli kasblarni o`rganishmoqda. Tumandagi 5-son bolalar musiqa va san’at maktabida “Nur so`zana” milliy kashtachilik ko`rgazmasi hamda ko`rik tanlov o`tkazildi. Unda tumanda hunarmandchilik  faoliyatini olib borayotgan  hunarmandlar hamda to`garak rahbarlari ishtirok etishdi. Ko`rik tanlovda “Milliy hunarmandchilik” to'garagi rahbarlari Fayziyeva Nasiba hamda Ziyodullaeva Sayyoralar ham ishtirok etishdi. Ko'rgazma yakuniga ko'ra, “Milliy hunarmandchilik” to'garagi rahbarlari Fayziyeva Nasiba hamda Ziyodullaeva Sayyoralar g'oliblikni qo'lga kiritib, ko'rgazmaning keyingi bosqichiga Respublika festivalida ishtirok etish yo'llanmasini qo'lga kiritishdi. Ko`rgazma hamda ko`rik tanlovning Respublika bosqichi Qashqadaryoda o`tkaziladi.