O'zbekiston- Tojikiston "Biznes forumi" ishtirokchilari Samarqandda




O'zbekiston- Tojikiston "Biznes forumi" ishtirokchilari Samarqandda

O'zbekiston- Tojikiston "Biznes forumi" ishtirokchilari Samarqand shahriga tashrif buyirdi. Tojikiston Respublikasidan kelgan 210 nafar mehmonlar Samarqand viloyat hokimligi,  O'zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand viloyat Kengashi, Respublika yoshlar markazi  Samarqand viloyat bo'linmasi hodimlari va faol yoshlari tomonidan tantanali ravishda  kutib olindi. Biznes forum kun tartibi doirasiga har ikkala davlat tadbirkorlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar yarmarkasi, futbol bo'yicha o'rtoqlik uchrashuvi, qardosh xalqlarning san'atkorlari ishtirokidagi kechki madaniy hordiqqa mo'ljallangan konsert joy egallagan. Mehmonlarning tashrifi ishtirokchilar va keng jamoat ahliga katta qiziqishga sabab bo`ldi. "Hamid Olimjon" nomli viloyat musiqali dramma teatri maydonida bo'lib o'tgan konsert dasturi ayniqsa, yoshlar va mehmonlarda qiziqish uyg'otib, yig'ilganlar o'zbekcha, hamda tojikcha kuy-navolardan bahramand bo'lishdi. Teatr maydonida yangrayotgan musiqa sadolari Samarqand ahliga, shuningdek chet ellik mehmonlarga ham yaxshi kayfiyat bag'ishladi. Ayniqsa, Germaniyadan tashrif buyirgan mehmonlarning oilaviy tarzda o'zbek kuylariga raqsga tushishgani yig'ilganlar e'tiborini tortdi.

Forum 22-aprelga qadar davom etadi.