QADIMIY ARKDA MAJMUASIDA “KARATE” CHILAR...




QADIMIY ARKDA MAJMUASIDA “KARATE” CHILAR...

“Respublika yoshlar markazi” Navoiy viloyati bo'linmasida yoshlarning taklif va istaklaridan kelib chiqqan holda Navoiy viloyati Karmana tumanida sportning “Karate” to‘garagi yo'lga qo'yildi. To`garak rahbari Shohista Ibodovaning say-harakatlari tufayli bugungi kunda to`garak a’zolarining soni yuzdan ortgan. Yaqinda to`garak a’zolarining ota-onalari bilan hamkorlikda yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda ichki turizimni rivojlantirish maqsadida Buxoro viloyatidagi tarixiy qadamjolarga sayohat uyushtirildi. Avvaliga yoshlar marafonda yurugishdi. So‘ngra mashhur qadimiy Ark majmuasida  to`garak davomida o`rgangan sport mashqlarini namoyish etishdi.

- Bugun tashkil etilgan ushbu sayoyat menda kata taassurot qoldirdi – deydi to‘garak a’zosi Amirxon Bozorov. O`rgangan mashqlarimizni namoyon etayotganimizda tengdoshlarimning bizga nisbatan havas bilan qarashoyotganini ko`rib ushbu sport turini yanada mukammal o`rganishga va yurtimiz bayrog`ini yanada cho`qqilarga chiqarishga harakat qilaman.