Qizlari nozik, yigitlari abjir




Qizlari nozik, yigitlari abjir

 

Raqs san’ati insonning mehnat jarayoni va borliqdan olgan hissiy taassurotlari bilan bog‘liq holda yuzaga kelgan. Bu san’at dastlab qo‘shiq va so‘z bilan bog‘liq bo‘lib, keyinchalik mustaqil san’at turiga aylangan. Raqs asrlar davomida takomillashib, barqaror shakllarga ega bo‘lib borgan.

29-aprel xalqaro Xareografiya kunini Respublika yoshlar markazi Qoraqalpog‘iston bo‘limida tashkil qilingan “Oyoq o‘yinlari” to‘garagida tuzilgan “Jaslar” ansamblidagi 60 dan ortiq yigit-qizlar ahil bir oila farzandidek bo‘lib, katta shodiyonalar bilan nishonladi.

-Qoraqalpoq xalqning raqs san’atlari, ijro uslubi, plastik tasviriy vositalari bo‘lib, ular tarixiy, ijtimoiy va geografik sharoitlar ta’sirida tarkib topib rivojlangan.  Raqslar mazmunini ifodalashda Qoraqalpoq qizlari ohista va chiroyli harakatlardan, yigitlar bo‘lsa aksincha tez harakat qilib, o‘z abjirliklarini ko‘rsatib, ot ustidagi harakatlardan ham unumli foydalanganlar,-deydi to‘garak raxbari Ziybash Pirnazarova.