Shayxontohur, Mirobod hamda Sergeli tumanlarida “Kamoliddin Behzod izdoshlari” nomli tadbir bo`lib o`tdi




Shayxontohur, Mirobod hamda Sergeli tumanlarida “Kamoliddin Behzod izdoshlari” nomli tadbir bo`lib o`tdi

Respublika yoshlar markazi Toshkent shahar bo‘linmasida 21- aprel Xalqaro rassomlar kuni munosabati bilan “Kamoliddin Behzod izdoshlari” deb nomlangan bayram tadbiri tashkil qilindi . Shayxontohur, Mirobod hamda Sergeli tumanlaridagi Yoshlar markazi tomonidan shakllantirilgan rassomchilik to‘garaklari rahbarlari va to‘garak azolari hamda ota-onalar ishtirokidagi bayram tadbiri ko‘tarinki ruhda davom etdi. Ishtirokchi guruhlar har xil qahramonlar obrazlarni yaratishdi . Shayxontohur tumanidan tashrif buyirgan ishtirokchilar tasviriy va amaliy san`at ko‘rgazmalari bilan bayramga yanada joziba bag‘ishlagan bo‘lsa, Sergeli tumanidan tashrif buyurgan yosh rassomlar asfaltga rasm chizib, tengdoshlariga o`z ijodiy ishlarini namoyish etishdi. Mirobod tumanining ijodkor yoshlari realistik yoʻnalishdagi portret, manzara, natyurmort, maishiy janr yo`nalishlarida rasmlar chizib bayram qatnashchilaring e`tiboriga sazovor bo‘lishdi. Bayram tadbirining ikkinchi qismi ishtirokchilar o`rtasida savol javob tarzda davom etdi. Mantiqiy va falsafiy hamda ijodiy yo`nalishlardagi berilgan savollarga ishtirokchilar qoniqarli javob berishdi. Faol ishtirokchilarga yosh rassomlar fahriy yorliq va esdalik sovg‘alari taqdim etildi.