Toza va ozodalik mas`uliyati: Xo’ja Hofiz Merosiy ziyoratgohida




Toza va ozodalik mas`uliyati: Xo’ja Hofiz Merosiy ziyoratgohida

 Ko'cha-ko'y va honadonlarni toza-ozoda, saranjom-sarishta saqlash, turli daraxt va gul ko'chatlari ekib, tevarak atrofni ko'kalamzorlashtirish xalqimizga hos yuksak fazilatdir. Savob ishni har kim, har kun qilishi kerak, - deganlaridek, joriy yilning 13-aprel kuni Respublika yoshlar markazi Samarqand viloyati bo`linmasi hamda O’zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi bilan hamkorlikda tumandagi “Erganakli” mahallasining Bolg’ali qishlog’ida obodonchilik ishlari olib borildi.

Muqaddas qadamjolardan biri bo’lmish,  Xo’ja Hofiz Merosiy ziyoratgohida, hududdagi uyushmagan yoshlar ishtirokida keng ko’lamda hayriya hashari tashkil etilib, unda to`garaklarning 50 nafarga yaqin doimiy a’zolari faol ishtirok etdi. Hashar davomida muqaddas qadamjoning qarovsiz qolgan yerlari chopiq qilindi, gullar ekildi, daraxtlar va yo’l chetlari oqlanib, yo’laklar keraksiz has-hashaklardan tozalandi. Aholi, uyushmagan yoshlar yordami va mehnati bilan o’tkazilgan hayriya hashari natijasida ziyoratgoh, qabriston hududi obod etilib, aholi quvonchiga sabab bo’ldi.

Bu kabi muqaddas qadamjolarning obod etilishi nafaqat yoshlarni mehnatga o`rgatadi, vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi, balki ichki turizm rivojiga ham ijobiy ta’sir ko’rsatadi.