«Yoshlar - kelajagimiz» Davlat dasturi o'z natijasini bermoqda.




«Yoshlar - kelajagimiz» Davlat dasturi o'z natijasini bermoqda.

Shu kunlarda Respublikamizning barcha tumanlari bo‘ylab Respublika ishchi guruhi tomonidan «Yoshlar - kelajagimiz» Davlat dasturi asosida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi qoshida «Yoshlar - kelajagimiz» jamg‘armasi tashkil qilindi. Shuningdek, bu jamg‘arma shahar va tumanlarda o‘z filiallarini tashkil qilib, uning maqsadi jamg‘arma mablag’lari hisobidan  davlat dasturida belgilangan choralarni mablag‘lashtirish belgilangan.

Joriy yilning 10 iyul kuni ishchi guruh a’zolari Xo‘jayli, Nukus, Sho‘manoy, Taxtako‘pir, Qorao‘zak, Chimboy, Kegeyli tumanlariga tashrif buyurib, yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil qildi.

Nukus tumani yoshlari ham bu uchrashuvlarda o‘z xohish istaklarini ochiq – oydin bildirdi.

Ayniqsa, xotin-qizlarning tilak-istaklari inobatga olinib, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish maqsadida tuman Yoshlar markazi  qoshida tashkil etilgan to‘garaklar uchun 40 ta tikuv mashinasi va «Pazandachilik» yo‘nalishi to‘garaklari uchun zarur inventarlar ajratilishi belgilab olindi.