Maqsad va vazifalari




Maqsad va vazifalari

Muassasaning asosiy maqsadi mamlakatimizning turli hududlaridagi yoshlarning ilmiy, huquqiy, psixologik, pedagogik, ijtimoiy, ijodiy, intellektual, maishiy, fan va ta’lim, sport sohasidagi savodxonligini oshirishga ko‘maklashish, kasb-hunarga o‘rgatish maqsadida turli o‘quv-amaliy va ijodiy to‘garaklar va boshqalar tashkil etish hamda yoshlarni jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashishdan iborat.
Muassasaning asosiy vazifalari:
- yoshlarga oid davlat siyosatining yoshlarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar yo‘nalishidagi maqsad va vazifalarini amalga oshirishda faol ishtirok etish;
- Ustav maqsadlarini amalga oshirish uchun mo‘ljallangan dasturlarni va chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
- o‘ziga ajratilgan binolarni hamda asbob-uskunalar, inventarlar va jihozlarni saqlash, ulardan samarali foydalanishni ta’minlash, kommunal xizmat ko‘rsatuvchi barcha korxona, muassasa va tashkilotlar bilan tegishli shartnomalar tuzish;
- yoshlarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish;
- iqtidorli yoshlar va yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlash;
- yoshlarning ijtimoiy muammolarini hal etishga qaratilgan respublika va mahalliy dasturlarni amalga oshirishda huquqiy va uslubiy jihatdan ishtirok etish;
- yoshlar ijtimoiy xizmati sohasida davlat va jamoat tashkilotlari bilan ijtimoiy sherikchilik munosabatlarini takomillashtirish;
- yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish yo‘nalishiga taalluqli huquqiy, axborot-tahliliy, ilmiy me’yoriy hujjatlar, uslubiy tavsiyalar tayyorlash, sotsiologik va boshqa tadqiqotlar o‘tkazish;
- yoshlar huquqlariga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlarni tahlil qilish, huquqiy savodxonlik darajasini o‘rganish, huquqiy madaniyatni rivojlantirish, shuningdek, jinoyatchilik va huquqbuzarliklar, turli salbiy illatlar profilaktikasini tashkil qilishda ishtirok etish;
- belgilangan tartibda ijtimoiy xavfli vaziyatda qolgan yoshlar bilan reabilitatsiya va profilaktik tadbirlarni amalga oshirish, ularning ijtimoiy-psixologik moslashmaganlik holatini aniqlash, ijtimoiy-psixologik yo‘naltirish, moslashtirish (adaptatsiya), shuningdek, ularni turli salbiy ta’sirlardan ogoh etish, ichki oilaviy va boshqa ijtimoiy munosabatlarda ko‘maklashishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish;
- O‘zbekiston yoshlar ittifoqiga o‘z faoliyatiga tegishli bo‘lgan, zaruriyat tug‘ilgan hollarda, o‘rnatilgan tartibda axborot, ma’lumot va boshqa hujjatlarni taqdim etish;
- o‘z faoliyatining Ustav maqsadlariga yaqin bo‘lgan ma’naviy-ma’rifiy va ta’lim faoliyatiga ko‘maklashish;
- yoshlarga zamonaviy, qo‘shimcha bilim va kasb-hunar o‘rgatish maqsadida axborot texnologiyalari, tekstil, hunarmandchilik, kasanachilik, sport va shu kabi boshqa fan, bilim va hunar o‘rgatish to‘garaklarini tashkil etish;
- o‘z Ustavidagi maqsad va vazifalarini amalga oshirish uchun yoshlarga maslahat berish xizmatini joriy etish;
- ilmiy ishlar, maqolalar, tadqiqot ishlari, Muassasa Ustavi faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan ilmiy-metodologik qo‘llanmalar, tavsiyalar, uslubiy hujjatlar ishlab chiqish, ularni ishlab chiqishga qaratilgan tanlovlar tashkil etish va o‘tkazish, chop etish;
- ilmiy, ma’ruzaviy, ma’rifiy faoliyatni amalga oshirish;
- yoshlarga huquqiy, ijtimoiy va boshqa yo`nalishlar bo`yicha maslahatlar berish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli va maqsadli tashkil etish bo‘yicha mavjud to‘garaklar va boshqalar to‘g‘risida ma’lumotlar berib borishga yo‘naltirilgan “Ishonch telefoni” (“Call center”) faoliyatini tashkil etish.