GILAMDO‘ZLIK
Respublika yoshlar markazi hududiy bo‘linmalarida Respublikamizning barcha hududlaridagi yoshlar orasida gilamdo‘zlikni ommalashtirish maqsadida qator loyiha va dasturlar ishlab chiqilgan bo‘lib, ular barcha uyushmagan, kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan, IIB profilaktika ro‘yhatida turuvchi yoshlarga ish o‘rinlarini tashkil qilish, jihoz hamda uskunalarni ishga tayyorlash, qo‘lmehnatiga asoslangan gilamdo‘zlik ko‘nikmasini hosil qilish, yoshlarni gilamdo‘zlik ishlarini mustaqil tashkil qilishiga va ish yuritishga tayyorlash.
DO‘PPIDO‘ZLIK
Yurtimizda milliy do‘ppi turlari, ularning ishlanishi, tayyorlanish uslublari. Namangan, Andijon hududlarida chustiy nusxa do‘ppilari, Farg‘ona hududida esa qalampirnusxa do‘ppilar ko‘proq iste’moldadir. Bu do‘ppi turi Marg‘ilon nusxa do‘ppilar ham deb ataladi. Marg‘ilon va Chust (tus) do‘ppilarining tarixi shubhasiz Xitoy bilan ham bog‘liqdir. O‘zbekistonda tayyorlanadigan do‘ppilar tarixi Buyuk Ipak Yo‘li bilan bog‘liq. Chunki ola do‘ppi o‘zbek madaniyatini xitoy va butun sharq xalqlari madaniyati bilan bog‘lasa, iroqi do‘ppilar esa uzoq g‘arb mamlakatlari madaniyati bilan bog‘laydi. “Do‘ppido‘zlik” to‘garagida yoshlar avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan merosimiz milliy do‘ppido‘zlik sirlari bilan, uni tikish va tayyorlash yo‘llari bilan tanishtirishdan iborat.
ZARGARLIK
Dasturda yoshlarni zargarlik ishlarini bajarish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar hosil qilish ko‘zda tutilgan bo‘lib, asbob-uskunalardan foydalanishni o‘rganish, turli hil detallarni qayta ishlash, zargarlik ishlariga tayyorgarlik, ish sifatini nazorat qilish bo‘yicha ko‘nikmalarni amalda bajarish bilan bilim darajasi mustahkamlashdan iborat.
KULOLCHILIK
Kulolchilik o‘zbek xalqining milliy hunarmandchilik kasblaridan biri bo‘lib, bu kasbning tarixi bir necha asrlarga borib taqaladi. Ushbu kasbning tarixiy manbalarini tiklash, uni rivojlantirish bizning asosiy vazifalarimizdan biridir. Kulolchilik loydan mo‘jizakor go‘zallik yaratgan sharqning eng qadimiy hamda navqiron san’atidir. “Kulolchilik” to‘garagi yoshlarga kulolchilik san’ati tarixi, uning maktablari, unda ishlatiladigan tuproq turlari, kulolchilik dastgohini ishlatish, loylarni tayyorlash, turli hil shakldagi va hajmdagi kulolchilik buyumlarini tayyorlashni o‘rgatishdan iborat.
QANDOLATCHILIK
Qandolatchilik kelib chiqishi uzoq tarixga borib taqaladi. O‘zbekiston sharoitida qandolatchilik deganda novvot, nisholda, holva va shu kabi milliy shirinliklarimiz tushiniladi. Bu dastur asosida yoshlarga milliy qandolatchilik mahsulotlari bilan birga Yevropa qandolatchilik mahsulotlarining ham tayyorlanish texnologiyalarini o‘rganishni shakllantirishdan iborat.
METALLARGA ISHLOV BERISH
Yoshlarga metallarga ishlov berish bo‘yicha ish o‘rinlarini tashkil qilish. Jihoz hamda uskunalarni ishga tayyorlash. Metallarga ishlov berish ko‘nikmasini hosil qilish. Yoshlarni metallarga ishlov berish ishlarini mustaqil tashkil qilishiga va ish yuritishga tayyorlash orqali kasbga yo‘naltirish.
PAZANDACHILIK
Pazandachilik to‘garagining o‘ziga xosligi yosh o‘g‘il yoki qiz bolalarni bu san’atga yoshligidan o‘rgatib, ular voyaga yetganlarida turli taomlarni mustaqil tayyorlay olish qobiliyatini kuchaytiradi. Pazandachilik to‘garagi yoshlarning pazandachilik qobiliyatlarini kuchaytirish, o‘zbek milliy taomlarini tayyorlashni o‘rgatishdan iborat.
PAYVANDLASH
Respublika yoshlar markazi qoshida tashkil etilgan kasbga yo‘naltirish bo‘yicha payvandlash to‘garagi yoshlarni elektr transformatorlarda, gaz payvandlash jihozlarda, elektr payvandlash generatorlarida ishlarini bajarish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar hosil qilish ko‘zda tutiladi. Asbob-uskunalardan foydalanishni o‘rganish, turli xil detallarni payvandlash. Payvandlash ishlariga tayyorgarlik, ish sifatini nazorat qilish bo‘yicha ko‘nikmalarni amalda bajarish bilan bilim darajasini mustahkamlashdan iborat.
RADIO VA TELEAPPARATURALARNI SOZLASH
Yoshlarga kasb mohiyati mijozlar bilan ishlash, o‘z vazifalariga sidqidildan yondashish, hujjatlarni rasmiylashtirish bo‘yicha ko‘nikma va bilimlarni shakllantirishdan iborat. Aholiga servis xizmat ko‘rsatish kabi turkumlar bilan tanishish. Radioelektron va televizion apparatlarni, elektr mashinalarni va apparatlarni ta’mirlash usullari, mobil aloqa asoslarida uyali aloqa tizimlarining kelib chiqishi ulardagi stansiyalarning ya’ni analog va raqamli standartlarda ma’lumotlarni uzatish, ularga texnik xizmat ko‘rsatish omillarini hamda sozlash va sinash ishlari bo‘yicha ko‘nikmalarini shakllantirish.
SARTAROSHLIK
Sartaroshlik asosan yoshlarda sochlarga ishlov berish va mavsumiy modalar asosida turmaklashni, sartaroshlikda alohida turlarini amaliy bajarishni, mashg‘ulotlarda sochni qirqish, soqol olish, manikyur ishlari, sochni qirqish va turmaklashda faqatgina ishni bajarish texnologiyasinigina emas, balki o‘ziga xoslikka, har hil fantaziyalar o‘ylab topishni, sartaroshlik uskunalaridan to‘g‘ri va unumli foydalanishni shakllantirishdan iborat.
TIKUVCHILIK
Yoshlarga qo‘l va mashina choklarini hosil qilish ishchi o‘rinlari va jihoz hamda uskunalarni ishga tayyorlash. Qo‘l va mashina choklarini hosil qilish ko‘nikma hosil qilish. Kiyimlar mayda bo‘laklari, cho‘ntaklar, manjetlar, pat va yoqalar, qoplama cho‘ntaklar, koketka va belbog‘larni tayyorlash va milliy kiyimlarda zardo‘zlik va kashtachilik ishlarini tashkil qilish bo‘yicha ko‘nikmalarni shakllantirish.
CHILANGARLIK
Yoshlarning nazariy bilimlarini mustahkamlashdan tashqari, yoshlarni mustaqil fikrlay olishini, kerakli moslamalarni tayyorlashni, elektr o‘lchash, elektr montaj, elektromontyor elektr chilangarlik asboblarining tashqi ko‘rinishiga qarab bir-biridan ajrata olishni, elektr sxemalarni o‘qiy olishni, elektr montaj, elektromontyor va elektr chilangarlik ishlarini bajara olishni o‘rgatadi. To‘garakda elektr chilangarlik, elektr montaj va sozlash, elektr tarmoq va jihozlarni ishlatish va ta’mirlash, sanoat korxonalaridagi elektr jihozlarini ishlatish va ta’mirlash ishlari bo‘yicha kompleks ishlarni yoshlarga mustaqil, sifatli bajarish ko‘nikmalarini shakllantirish.
KOMPYUTER SERVIS XIZMATI
Yoshlarda kompyuterlarga operatsion tizimlarni va boshqa dasturiy ta’minotlarni o‘rnatish, kompyuterlarning texnik qismlarini almashtirish, kompyuterlarni tarmoqqa ulash bo‘yicha ko‘nikmalar va malakalarini hosil qilishdan iborat. 2018-yil “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”ga bag‘ishlangan qator yangi-yangi innovatsion texnologiyalarga servis xizmati ko‘rsatishdan iborat.
KOMPYUTERLARNI DASTURLASH
Yoshlarga informatika va axborot texnologiyalarini o‘rta umumta’lim maktablarida yoki kollejlarda olgan bilimlariga tayangan holda ularning amaliy jihatlari haqida chuqurroq va kengroq bilim berish, zamonaviy kompyuterlarning dasturiy ta’minoti, shu jumladan, amaliy va xizmat ko‘rsatuvchi dasturlar bilan ishlash malakasini hosil qilish, axborot–kommunikatsiya texnologiyalaridan keyingi faoliyatlarida unumli foydalana olish ko‘nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat.